» » Markaziy Osiyo mamlakatlari Qirg‘izistonni Orol dengizini qutqarish bo‘yicha muzokaralardagi ishtirokini yana yo‘lga qo‘yishga ko‘ndirmoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlari Qirg‘izistonni Orol dengizini qutqarish bo‘yicha muzokaralardagi ishtirokini yana yo‘lga qo‘yishga ko‘ndirmoqda


Markaziy Osiyo mamlakatlari Qirg‘izistonni Orol dengizini qutqarish bo‘yicha muzokaralardagi ishtirokini yana yo‘lga qo‘yishga ko‘ndirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Galimjan Koyshibayev ma’lum qildi, deb yozadi KNews.

Qirg‘iziston qo‘shni mamlakatlarning unchalik konstruktiv bo‘lmagan pozitsiyasi tufayli Orol dengizini qutqarish bo‘yicha fond majlislaridagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan edi.

Fond ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar rahbarlarining oxirgi uchrashuvi to‘qqiz yil avval Olmaotada bo‘lib o‘tgan edi.

“O‘shandan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat o‘zgardi, shuning uchun transchegara suv havzasi muammolarini beshta mamlakat ishtirokida muhokama qilish zarur”, — deydi vazir o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют