» » Yevroparlament Rossiya AQShni Markaziy Osiyodan siqib chiqarayotganini ma’lum qildi

Yevroparlament Rossiya AQShni Markaziy Osiyodan siqib chiqarayotganini ma’lum qildi


Vashington Rossiya ta’sirining kuchayishi tufayli Markaziy Osiyodagi pozitsiyasini yo‘qotmoqda. Bu haqda Yevroparlament tadqiqot markazi ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“AQShning Markaziy Osiyodagi harbiy aralashuvining susayishi qisman Afg‘onistondagi operatsiyalar ko‘lamining kamayishi bilan bog‘liq. Biroq, mazkur holatning asosiy sababi — hududning Rossiya ta’siriga qaytarilishi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston 2014-yilda Qirg‘izistonni AQSh bilan ‘Manas’ aviabazasini ijaraga berish to‘g‘risidagi bitimni uzaytirmaslikka ko‘ndirgan Rossiyaning harbiy sheriklari hisoblanadi”, — deyiladi hisobotda.

Hisobotda, shuningdek, AQShning Rossiya orqali Afg‘onistonga qurol tashish imkoniyatini qo‘ldan boy bergani ham eslatib o‘tiladi.

Bundan tashqari, Yevroparlamentda Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-sotiq darajasi bo‘yicha Moskvadan ortda qolayotgani ham qayd etiladi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют