» » Andijonda aliment to‘lamaslik uchun rafiqasi bilan yarashmoqchi bo‘lgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi (video)

Andijonda aliment to‘lamaslik uchun rafiqasi bilan yarashmoqchi bo‘lgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi (video)


Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi erkak bir farzandi uchun aliment to‘lashdan qutulmoqchi bo‘lib, sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tezkor xabarlar” dasturida ma’lum qilindi.

Xo‘jaobodlik Abdullajon Usmonov turmush o‘rtog‘i Maftuna Usmonova bilan oilaviy nizolar sabab alohida yashab kelishayotgan edi. Abdullajon rafiqasi bilan yarashib, bir nafar farzandi uchun aliment to‘lashni bekor qilish maqsadida Maftuna yashayotgan xonadonga boradi.

Ayoliga o‘z niyatini bildiradi. Maftuna uning bu taklifini qabul qilmaydi. Bundan jahli chiqqan Abdullajon xo‘jalik pichog‘i bilan Maftunaning yuragi va chap yelkasiga urib, uni o‘ldiradi.

Aslida Abdullajonning oilasi bilan yashash niyati yo‘q edi. U faqat o‘zining yolg‘izgina zurriyodi uchun aliment to‘lashdan voz kechishni maqsad qilgandi. Uning qotilligi sabab bir ayol nobud bo‘ldi, go‘dak bolaga esa yetimlik qismati bitildi.

“Tezkor xabarlar” dasturida o‘qib eshittirilgan matndan

Xabar berishlaricha, hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют