» » Tramp jurnalistlar oldida Fransiya prezidenti yelkasidagi qazg‘oqni qoqib tashladi (video)

Tramp jurnalistlar oldida Fransiya prezidenti yelkasidagi qazg‘oqni qoqib tashladi (video)


AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp 24-aprel kuni Vashingtonda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijitni kutib oldi. Amerika telekanallari uchrashuv marosimini translyatsiya qildi, deb yozadi “TengriNews”.

Marosim davomida Tramp Fransiya prezidentini bir necha marta quchoqladi va har ikkala yuzidan o‘pib qo‘ydi.

Uchrashuv davomida Oq uy rahbari hozir bo‘lganlarga Fransiya yetakchisining yelkasidagi qazg‘oqni namoyishkorona ko‘rsatdi va kulib, uni qoqib tashladi.

“Munosabatlarimiz ajoyib ekanligini hamma ta’kidlamoqda va bu haqiqat. Bu soxta yangilik emas. Shu yerda ekanliging katta sharaf. Endi esa bu kichik qazg‘oqni qoqib tashlayman… Uni mukammal qilishimiz lozim. U mukammal”, — dedi Amerika prezidenti.

Shundan so‘ng u an’anaviy tarzda hamkasbining qo‘lini mahkam siqa boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют