» » UzCard xayriya aksiyalarini o‘tkazishda moliyaviy qallobliklardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

UzCard xayriya aksiyalarini o‘tkazishda moliyaviy qallobliklardan ogoh bo‘lishga chaqirdi


UzCard ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat yo‘llab, xayriya aksiyalari vaqtida moliyaviy firibgarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.

Moliyaviy firibgarliklar bilan bog‘liq takrorlanuvchi hodisalarning oldini olish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha karta egalarini ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

Bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xayriya aksiyalari o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday tadbirlarni tashkillashtirish, albatta, e’tiborga molik ishdir, biroq firibgarlar turli yo‘llar orqali o‘z maqsadlarida qalloblik qilishlarini ham eslatib o‘tishni joiz topdik. Yordamga muhtoj insonlar uchun bu kabi tadbirlar tashkillashtirilishi muhim, biroq hadya qilingan mablag‘ni qabul qiluvchi karta egasi zimmasida ham plastik kartaning xavfsizligini ta’minlashdek muhim vazifa borligini unutmasligimiz lozim. Avvalambor, tadbirni tashkillashtiruvchilar tomonidan mablag‘ qabul qiluvchi karta egasi onlayn-o‘g‘riliklarning qurboniga aylanmasligi uchun ogohlantirilishi ham juda muhim.

Kuni kecha, qayd etilgan firibgarlik hodisalaridan birida, o‘g‘rilar e’lon qilingan karta raqamini mobil ilovaga ulash maqsadida, karta egasi bilan bog‘lanib SMS orqali yuborilgan kodni aniqlab olishgani, so‘ngra yig‘ilgan pul mablag‘larini onlayn rejimda o‘g‘irlashgani aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator mobil ilovalar tomonidan xavfsizlik talablari bajarilib, har bir karta egasi e’tiboriga havola etilgan yuridik ma’lumotda kod raqamini uchinchi shaxsga taqdim qilish mumkin emasligi ta’kidlangan.

Qayd etilgan bir qator firibgarliklarni inobatga olib, barcha ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashkillashtirilayotgan xayriya tadbirlarini e’lon qilishdan avval karta egasini plastik karta xavfsizligi bilan tanishtirishlarini va ogoh qilishlarini so‘raymiz.

Yagona umumrespublika protsessing markazi

“Daryo” internet-nashrida og‘ir dardga chalinib, yordamga muhtoj bo‘lib qolganlar uchun xayriya aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. Xayriya aksiyalari haqidagi materiallarni “Mehridaryo” ruknida o‘qishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют