» » O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘onaga yuqorilab, 165-o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘onaga yuqorilab, 165-o‘ringa chiqdi


“Chegarasiz muxbirlar” xalqaro nohukumat tashkiloti jahon matbuot erkinligi reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingda O‘zbekiston o‘tgan yilgiga nisbatan to‘rt pog‘ona yuqoriladi, deb xabar beradi Sputnik.

2017-yilgi reytingda O‘zbekiston 169-o‘rinda joylashgan bo‘lsa, bu yil to‘rt pog‘ona yuqorilab 165-o‘rindan joy oldi. Hisobot mualliflari O‘zbekistonda keyingi bir yarim yil davomida inson huquqlari sohasida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lganini, mahkumlikda bo‘lgan qator jurnalistlar ozodlikka chiqarilganini qayd etgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qirg‘izistonga tegishli — 98-o‘rin (2017-yildagiga nisbatan to‘qqiz pog‘onaga pasaygan). Keyingi o‘rinda Tojikiston (149-o‘rin), Qozog‘iston — 158-o‘rin (o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan bir pog‘ona pastga tushgan). Turkmaniston 178-o‘rinda.

Ushbu reytingda dastlabki uchlikni Norvegiya, Shvetsiya va Niderlandiya egallagan.

AQSh o‘tgan yilgiga nisbatan ikki pog‘ona pastlab, 45-o‘rindan joy oldi. Hisobot mualliflarining bildirishlaricha, “AQSh prezidenti jurnalistlarga dahanaki hujumlarida matbuotni bir necha bor ‘Amerika xalqining dushmanlari’ deb atab, ayrim OAVga Oq Uyga kirishga ruxsat bermay, fake news iborasini muntazam tilga olish orqali mamlakatning 45-o‘ringa tushib ketishiga hissa qo‘shdi”.

Rossiya o‘tgan yilgi 148-o‘rinni saqlab qolgan.

Reytingdagi oxirgi 180-o‘rinda Shimoliy Koreya, 179-o‘rinda Eritreya joylashgan.

“Chegarasiz muxbirlar” yillik hisoboti 2002-yildan buyon chop etib kelinadi. Ushbu hisobotda 180 mamlakatdagi matbuotning holatiga baho beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют