» » Samarqand viloyati kinologiya xizmati itlari O‘zbekistonda eng yaxshi deb e’tirof etildi

Samarqand viloyati kinologiya xizmati itlari O‘zbekistonda eng yaxshi deb e’tirof etildi


Samarqand viloyatida 20—25-aprel kunlari O‘zbekiston ichki ishlar organlarining kinolog xodimlari o‘rtasida “Ko‘pkurash” musobaqasi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Qorovul qo‘shinlari va boshqa barcha viloyat IIBlarining kinologiya xizmati xodimlari qatnashdi. Musobaqada xizmat itlarining belgilangan “Umumiy kurs” va “Maxsus kurs”dagi shartlarni to‘g‘ri, aniq va tez bajara olishi sinovdan o‘tkazildi.

Kinologiya xizmatlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ko‘pkurash” musobaqasida ishtirok etib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan Samarqand viloyati IIB jamoasi 1-darajali diplom va Damas avtomashinasi bilan taqdirlandi.

2-o‘rinni egallagan IIVning Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB jamoalari 2-darajali diplom va kompyuter to‘plami bilan taqdirlandi. 3-o‘rin Jizzax va Navoiy viloyat IIBlari jamoalariga nasib etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют