» » MDH kinologlari musobaqasida O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

MDH kinologlari musobaqasida O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi


Toshkentda MDH davlatlari bojxona ma’muriyatlari kinologiya xizmatlarining ko‘pkurash bo‘yicha VII musobaqasi tantanali yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Milliy kinologiya markazi va Oliy harbiy bojxona institutining amaliy mashg‘ulotlar maydonida 3 kun davomida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada 13 nafar kinolog o‘z xizmat itlari bilan bagaj va qo‘l yukida, yengil va yuk avtotransport vositalarida, xonalarda giyohvand vositalarni qidirish, buyruqlarga bo‘ysunish kabi bir nechta yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Narkotik vositalarni bagajlarda izlab topishda Qirg‘iziston, yengil avtomashinalardan izlab topishda O‘zbekiston, yuk avttomashinalari, bino va inshootlarda izlab topishda esa Rossiya kinologlari tengsiz ekanligi isbotladi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Qora”, “Maykl” va “Kviks” laqabli xizmat itlari bilan musobaqada ishtirok etgan 3 nafar kinologdan iborat O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqa jadvalining keyingi o‘rinlarini esa Rossiya va Belarusdan kelgan kinologlar egalladi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют