» » Chelyabinskda 6 yoshli bolani yoqib yuborishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik fuqaro sud qilinadi

Chelyabinskda 6 yoshli bolani yoqib yuborishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik fuqaro sud qilinadi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyat sudi 6 yoshli bolakayni yoqib yuborishda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosini sud qiladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Viloyat tergov boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy osiyolik fuqaro birga yashayotgan ayoli bilan urushib olgach, o‘zining, ayol va uning olti yoshli o‘g‘li ustiga benzin quyib yuborib, uyda yong‘in chiqargan.

Shifokorlar muhojir va jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan, bolakay esa kuyish natijasida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, noxush hodisada aybdor deya gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosining  Rossiya hududida yurishini ta’minlovchi ruxsatnomasining muddati o‘tib ketgan bo‘lgan.

Ayni vaqtda jinoyat ishi sudga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют