» » Labini botoks qildirgan yoki sun’iy kiprik ektirgan aktrisalar “101-reys” filmida rol ijro etolmaydi

Labini botoks qildirgan yoki sun’iy kiprik ektirgan aktrisalar “101-reys” filmida rol ijro etolmaydi


“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Film rejissori Akrom Shaxnazarov tayyorgarlik jarayonlari oldidan jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi.

Rejissor “101-reys” filmi uchun tajribali aktrisalar labidagi botoks hamda sun’iy kiprik ektirgani uchun filmga jalb qilolmayotgani haqida gapirib berdi.

O‘zbekiston havo yo‘llarida ishlaydigan bort kuzatuvchisining gaplariga qaraganda, styuardessaga sochidan toki tirnoqqacha qo‘yilgan ichki tartib-qoidalar bor. Aynan “101-reys” filmining voqealari sodir bo‘lgan 2001-yilda labni botoks qildirish yoki sun’iy kiprik ektirish umuman bo‘lmagan. Bundan tashqari, havo yo‘llarining ichki tartib qoidalariga ham bu zid bo‘lgani uchun biz bugungi kunda faoliyat yuritayotgan va aynan mahoratiga, filmda rol ijro etishiga ko‘zimiz yetgan aktrisalarni filmga taklif qilolmayapmiz. Shunaqangi qobiliyatli, mahoratli aktrisalarimiz bor, ammo ular labini botoks qildirgani yoki sun’iy kiprik ektirgani uchun rolga olinmayapti. Shuning uchun biz, film prodyuseri Ravshan Norbayev bilan kelishgan holda, labini botoks qildirgan yoki sun’iy kiprik ektirgan aktrisalarni “101-reys” filmining kastinggiga ham taklif qilmadik. Biz hozir ularni “101-reys” filmiga olsak, film ishonsiz va soxta chiqadi.

Akrom Shaxnazarov, “101-reys” filmining rejissori

Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan — bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют