» » Endi Farg‘onada ham Muhammad Saloh bor. Farg‘onalik ota-ona chaqalog‘iga Muhammadsalloh deb ism qo‘ydi (foto)

Endi Farg‘onada ham Muhammad Saloh bor. Farg‘onalik ota-ona chaqalog‘iga Muhammadsalloh deb ism qo‘ydi (foto)


18-aprel kuni Farg‘ona shahrining Yormozor hududida yashovchi Madrahimovlar oilasida chaqaloq dunyoga keldi. E’tiborlisi unga “Liverpul”ning misrlik o‘yinchisi Muhammad Salohga havas qilinib, Muhammadsalloh deb ism qo‘yildi, deb yozadi “Championat.asia”

Muhammad Salohning hozirgi kundagi o‘yinidan barchamiz rohatlanyapmiz. Farzandim tug‘ilishidan 3-4 kun avval do‘stlarim bilan suhbatlashib turgan edik. Ko‘proq biz futbol mavzusida gaplashamiz. Yaqin kunlarda farzandli bo‘lishimdan habarlari bor edi. Shunda Jamshid ismli do‘stimiz taklif qildi ismini Muhammadsalloh qo‘ygin deb. Bu fikr barchamizga ma’qul keldi. Rosti u kunlarda ism tanlash borasida umumman o‘ylamayotgan edim. Aynan do‘stim bunga sababchi bo‘ldi. O‘zim futbolchi bo‘lishni istaganman. Ammo taqdir taqozosi bilan futbolchi bo‘lish nasib qilmagan. Avvalo bu taqdir, o‘g‘lim kim bo‘lishini o‘zi hal qiladi, agar futbolchi bo‘lmoqchi bo‘lsa barcha sharoitlarini yaratib beraman.

Madrahimov Umidjon, Muhammadsallohning otasi

Muhammadsallohning akasi bor. Qizig‘i 4 yoshli Muhammadumarning birinchi aytgan so‘zi gol bo‘lgan ekan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют