» » Muhammad Salohga Makkadan yer sovg‘a qilinadigan bo‘ldi

Muhammad Salohga Makkadan yer sovg‘a qilinadigan bo‘ldi


Saudiya Arabistonining Makka munitsipialligi vitse-prezidenti Fahd ar-Ruqiy Misr termasi va “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga Angliya premyer ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani munosabati bilan, unga hadya sifatida Makka shahridan yer sovg‘a qilishini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Vitse-prezident so‘zlariga ko‘ra, hozirda mazkur hadyani Salohga qanday yetkazib berish shartlari ko‘rib chiqilmoqda. Agar mamlakat hududida Salohning yerga egalik huquqi bo‘lsa, unga Masjid al-Harom tashqarisidan maxsus yer ajratiladi. Yana bir variant sifatida o‘sha hududda Saloh nomiga masjid barpo qilish ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek Ruqiyning ta’kidlashicha, agar Saloh yer emas, pul olishni istasa, uchinchi variant sifatida taqdim etilish lozim bo‘lgan yerni sotib, tushadigan mablag‘ futbolchiga beriladi.

Ma’lumot uchun Saloh bir necha kun oldin Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Ayni damda uning hisobida APL o‘yinlarida kiritilgan 31 ta gol mavjud.

Shuningdek, kecha Yevropa Chempionlar Ligasida “Roma”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol urishga erishga Salohning ushbu musobaqadagi gollari soni esa 10 taga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют