» » Messi sudda Massi ustidan g‘olib chiqdi, endi Leoning nomi sport brendiga aylanadi 

Messi sudda Massi ustidan g‘olib chiqdi, endi Leoning nomi sport brendiga aylanadi 


Sudda g‘olib chiqqan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi o‘z nomini savdo markasiga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Endilikda Messi nomi brendga aylanib, sport tovarlari sohasida ishlatiladi.

Lionel bunga erishish uchun 2011-yilda ariza topshirgan, ammo Ispaniyaning velosipedchilar uchun libos ishlab chiqaruvchi Massi kompaniyasi bunga e’tiroz bildiradi. Komapaniyaning e’tiroziga ko‘ra, nomlar bir-biriga juda o‘xshash va bu holat tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqining intellektual mulk idorasi Massi kompaniyasi e’tirozini o‘rinli deb topib, Leoning arizasini rad etadi.

Ammo Messi oradan 7 yil o‘tib, Yevropa Ittifoqi Umumiy sudiga shikoyat qilib, kompaniya ustidan g‘alaba qozonishga erishdi.

“Aslida, Messi juda taniqli jamoat arbobi, uni televideniyeda ko‘rish mumkin, shuningdek, ko‘p holatda u radioda muhokama qilinadi”, — deyiladi sud qarorida. Shunday ekan, uning nomidan brend sifatida foydalanish hech qanday tushunmovchiliklarni yuzaga keltirmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют