» » Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi


Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabar berilganidek, 24—25-aprel kunlari Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Liverpul” “Roma”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. “Mersisayd” klubi tarkibida misrlik Muhammad Saloh 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, “Bavariya” o‘z maydonida “Real Madrid”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Madridliklarning javob goliga Marselo mualliflik qilgan edi.

Muhammad Saloh hamda Marselo Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Nomzodlarga ovoz berish tashkilot rasmiy saytida amalga oshirilmoqda.

Quyidagi havola orqali ovoz berishingiz mumkin: ovoz berish



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют