» » Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda qizlarning bokiraligi yoppasiga tekshirilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda qizlarning bokiraligi yoppasiga tekshirilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi


Qator xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yoppasiga voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari-qizlarning bokiraligi UTT orqali tekshirilayotgani haqida xabarlar berildi. “Daryo” ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova quyidagicha izoh berdi:

“Maktab, kollej va litseylar o‘quvchilari har o‘quv yili boshida ya’ni sentabrdan noyabr oyigacha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Buning uchun esa maktab, litsey va kollejlarga biriktirilgan poliklinikalarda o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejasi tuziladi.

18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Sog‘liqni salqash vazirining 312-sonli buyrug‘uga binoan amalga oshirilmoqda.

2-sinfdan boshlab 18 yoshga to‘lguniga qadar hamma bolalar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Buning uchun biz otolaringolog, nevropatolog, endokrinolog, okulist, jarroh, stomatolog, pediatrdan iborat tor doiradagi mutaxassislardan iborat sayyor brigadani shakllantiramiz. Ular esa belgilangan kunda ta’lim muassasasiga borib, bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

UTT va EKG tekshiruvlari esa, apparatlarni ko‘tarib yurish qiyin ekanligini hisobga olgan holda, poliklinikalarda o‘tkaziladi. Shuning uchun bolalar sinf rahbari yoki ota-onalar qo‘mitasi faollari hamrohligida bunday tekshiruvlardan tibbiy muassasalarga borib o‘tadi. Ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan qizlarning bokiraligi yoppasiga tekshirilayotgani haqidagi xabarlar esa haqiqatdan yiroq”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют