» » O‘zbekistonda tabiiy gazning ulgurji narxiga ustama pulini belgilash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda tabiiy gazning ulgurji narxiga ustama pulini belgilash rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda “O‘ztransgaz” AJga tegishli avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stantsiyalaridagi (jumladan, balansida gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalariga ega yuridik shaxslar ham) tabiiy gazning ulgurji narxiga maxsus investitsion ustama pulini belgilash rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi UzDaily.

Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekneftgaz” AJga 2018—2019-yillarda qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risidagi chora tadbirlar” qonun loyihasi joylashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, maxsus investitsion ustama bir kub metr uchun 650 so‘mni tashkil etadi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ, Moliya va Iqtisodiyot vazirligi 2018-yilning birinchi yarmining yakunlari bo‘yicha iqtisodiy investitsiyalarni hisobga olgan holda ushbu maxsus investitsiya ustamasini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar bildiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют