» » O‘zbekistonda daraxtlarning kesilishi qonuniy ekanligi onlayn-reyestr orqali tekshiriladigan bo‘ladi

O‘zbekistonda daraxtlarning kesilishi qonuniy ekanligi onlayn-reyestr orqali tekshiriladigan bo‘ladi


Iyul oyining oxiriga qadar O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga ruxsat berilishi bo‘yicha onlayn reyestr ishga tushirilishi lozim. Bu haqda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Daraxtlarning noqonuniy kesilishi Toshkent va boshqa shaharlar aholisini tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biridir. Fuqarolar muntazam ravishda daraxtlar kesilishi ustidan shikot qiladi.

Yil boshidan buyon jismoniy shaxslardan bu borada 580 murojaat kelib tushgan. 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, huquqbuzarlardan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 1 milliard so‘m zarar undirilgan.

Qo‘mita rasmiy saytida tegishli reyestrning yuritilishi 2014-yilgi Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘zda tutilgan edi, ammo u shu paytgacha ishga tushirilmadi. Bahrom Qo‘chqorov qo‘mita tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishda muammolar mavjudligini tan oldi.

“Muammoni hal qilish uchun AKT joriy etish markazi tashkil etildi. Hozir sayt va daraxtlarni kesishga ruxsat berilishi aks etadigan tizim ustida ishlamoqdamiz. Hozir bu hokimitlar orqali amalga oshiriladi, ular daraxt kesilishiga ruxsat beradi, biz bu ruxsatnomalarni joylashtirib borish ustida ishlamoqdamiz. Odamlar bilishi uchun, ular daraxt kesilishi qonuniy yoki noqonuniy ketayotganini bilish uchun bizga murojaat etadi”, — ta’kidladi amaldor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют