» » Farg‘onalik 80 yoshli ayol Haj ziyorati uchun jamg‘argan mablag‘ini qishloqqa toza ichimlik suvi olib kelishga sarfladi

Farg‘onalik 80 yoshli ayol Haj ziyorati uchun jamg‘argan mablag‘ini qishloqqa toza ichimlik suvi olib kelishga sarfladi


Farg‘onalik 80 yoshli Zebiniso Ahmedova Haj ziyorati uchun jamg‘argan 48 million so‘m mablag‘i hisobiga qishloqqa toza ichimlik suvi olib keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi 80 yoshli Zebiniso Ahmedova Haj ziyorati uchun jamg‘argan 48 million so‘m mablag‘ini qishloqqa toza ichimlik suvi olib kelishga sarfladi. Zebiniso Ahmedovaning tashabbusi va saxovati bilan 300 metrlik quduq qazilib, suv chiqarildi. Natijada mahalladagi 150 dan ortiq xonadon, 260 o‘rinli umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda qishloq oilaviy poliklinikasi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.

“Yangioboddagi har bir oila, xonadon men uchun begona emas. Mahallamiz aholisi necha yillardan buyon toza ichimlik suvi muammosi bilan yashardi. Yaxshi niyat bilan muborak Haj safari uchun jamg‘arib qo‘ygan pullarim hisobidan shu xayrli ishni amalga oshirdik. Shukr, mana shu mehnatlarim ortidan izzat-hurmat topdim. Mahalladoshlarim, farzand va nabiralarim quvonchini ko‘rib, umrimga umr qo‘shildi”, – deydi Zebiniso Ahmedova.

Zebiniso Ahmedova turmush o‘rtog‘i Qodirjon To‘xliboyev bilan 11 nafar farzandni el koriga yaraydigan inson qilib tarbiyaladi. Olti qizi shifokor, ikki qizi o‘qituvchi, o‘g‘li Iqboljon tadbirkor sifatida elga beminnat xizmat qilib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют