» » Qashqadaryoda 21 yoshli yigitni urib yuborib, yashiringan shaxs uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qashqadaryoda 21 yoshli yigitni urib yuborib, yashiringan shaxs uning o‘limiga sababchi bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 2018-yil 16-aprel kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan mashinani Bo‘lmas mahallasi hududida haydab ketayotib, yo‘l chekkasida ketayotgan piyoda, Ushoqtepa mahallasida yashagan, 1997-yilda tug‘ilgan L.Boltayevni urib yuborib, voqea joyidan ketib qoladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Jarohatlangan L.Boltayev kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini To‘lg‘a qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan E.U o‘zining “Ural”mototsiklida sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Vazirlik mazkur holatni aniqlashda yordam bergan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют