» » Fotogalereya: Hyundai O‘zbekistonda qanday avtoulovlar ishlab chiqaradi?

Fotogalereya: Hyundai O‘zbekistonda qanday avtoulovlar ishlab chiqaradi?


Janubiy Koreyaning Evergreen motors, Korean Consortium partners (Hyundai Motor) va Posco Daewoo kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Hyundai avtobuslari, yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan mikroavtobuslar, yuk avtomobillari hamda boshqa maxsus avtoulovlar ishlab chiqariladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Yiliga 3000 dona avtoulov ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan korxona Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida – “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida quriladi. Loyihaning boshlang‘ich qiymati 130 million dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 40 foizi eksport qilinadi. 2019-yilda 150 ta , 2020-yilda esa yana 400 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Maxsus texnikalarning aksariyati metan gaziga moslashtiriladi.

“Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda yana bir loyiha amalga oshiriladi – iqtisodiy zonada Hyundai yukko‘targichlari ishlab chiqariladi. Buning uchun dastlabki bosqichda 10 million dollar investitsiya jalb qilinadi. 1–2 tonna hajmga mo‘ljallangan yukko‘targichlar elektr quvvatida, 2,5—7 tonna hajmga mo‘ljallangan yukko‘targichlar dizel yoqilg‘isida ishlaydi. Loyiha to‘la quvvatda yo‘lga qo‘yilgach, 150 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlanadi,” – deydi Uchko‘prik tumani hokimining o‘rinbosari Nurmatjon Komilov.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Janubiy Koreya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 460 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda Koreyaning 75 kompaniyasi o‘z vakolatxonasiga ega. Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют