» » Toshkentda sakkiz qavatli bino 15 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narx bilan kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkentda sakkiz qavatli bino 15 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narx bilan kimoshdi savdosiga qo‘yildi


Toshkent markazidagi sakkiz qavatli bino 15 milliard so‘mga auksionga qo‘yildi, deb yozadi Spot E-ijro auksion ma’lumotlariga tayanib.

Binoda 119 ta xona bor. Umumiy yer maydoni — 0,5 ga, imorat maydoni — 0,1 ga. Binoning umumiy maydoni — 5,2 ming kv. m, shundan 4,5 ming kv. m foydali maydondir.

Ijro hujjatining sanasi sifatida 2017-yil oktabr, ijro etuvchi sifatida esa Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi ko‘rsatilgan.

Lot haqidagi ma’lumotlarda manzil deya Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi joylashgan joy keltirilgan. Ammo e’lon qilingan suratlarga ko‘ra, bino Islom Karimov ko‘chasi, 16A-uy manzilida joylashgan, deyiladi xabarda.

Obyektning boshlang‘ich narxi — 15 milliard so‘m, zakalat puli miqdori — 750 million so‘m. Arizalar 15-maygacha qabul qilinadi. Auksionning o‘zi 17-mayda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют