» » Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazi foydalanishga topshirildi

Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazi foydalanishga topshirildi


Farg‘ona shahri Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan oldingi “Nurxon” kinoteatri Farg‘ona viloyat harbiy-ma’muriy sektor ko‘magi bilan qayta ta’mirdan chiqarilib, okrug Ma’naviyat va ma’rifat markaziga aylantirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Markazning ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda fuqarolarning madaniy dam olishi uchun markazda 650 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zali, shuningdek, shaxmat, shashka, chet tillari, kompyuter texnologiyalarini o‘rganish, chevarchilik, pazandachilik kabi o‘quv kurslari xizmat ko‘rsatadi.

Markazda tashkil etilgan o‘quv kurslariga harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun 50 foizli to‘lov chegirmalari beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazi foydalanishga topshirilgani bois, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan Farg‘ona garnizoni ofitserlar uyi faoliyati to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют