» » Mukofot jamg‘armasi 60 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Blogerlar chempionati 1-bosqichi 20-maygacha uzaytirildi

Mukofot jamg‘armasi 60 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Blogerlar chempionati 1-bosqichi 20-maygacha uzaytirildi


O‘zbekistonda 12-apreldan start olgan Blogerlar chempionati birinchi bosqichi uchun blogpostlar qabuli 20-maygacha uzaytirildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

2018-yilgi Blogerlar chempionati birinchi bosqichi uchun blogpostlar qabuli 30-aprel kuni yopilishi lozim edi. Biroq “ko‘plab yurtdoshlarimizdan ushbu tadbir haqida yaqinda xabar topishgani, unda qatnashish istagida ekanliklari aytib, ijodiy ishlarni qabul qilish muddatini uzaytirish iltimos qilingan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan”.

“Jamoatchilikning talab va istaklarini inobatga olib hamda Chempionat nizomining 10.1-bandiga asosan Blogerlar chempionatining muddatini uzaytirishga qaror qilindi. Unga ko‘ra, 1-bosqich uchun ijodiy ishlar 20-maygacha qabul qilinadi. Qolgan bosqichlarning muddatlari ham o‘zgardi: ikkinchi bosqich 22—31-mayda, final bosqichi esa 2—12-iyunda bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Blogerlar chempionatining 1-o‘rin sohibi 15 million so‘m miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Ikkita 2-o‘rin sohibiga 8 million so‘mdan, uchta 3-o‘rin sohibiga esa 5 million so‘mdan mukofot topshiriladi. Bundan tashqari, 10 dan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilganlar homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Chempionatning bosh homiysi hisoblangan O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi “Tanlov kashfiyoti bo‘lgan bloger”ni alohida taqdirlaydi.

30-aprel soat 14:00 holatiga ko‘ra, Blogerlar chempionatiga jami 234 blogpost kelib tushgan bo‘lib, ular 39 937 marta o‘qilgan, ularga 750 ga yaqin fikr qoldirilgan. Blogpostlar 23 kishidan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi — hakamlar orasida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют