» » Garchi O‘zbekiston termasi ishtirok etmasa-da, JCh—2018 vaqtida Oliy Liga o‘yinlari to‘xtatiladi

Garchi O‘zbekiston termasi ishtirok etmasa-da, JCh—2018 vaqtida Oliy Liga o‘yinlari to‘xtatiladi


Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi Jahon Chempionati vaqtida O‘zbekiston Oliy Ligasida tanaffus yuzaga keladi. Bu haqda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov Sport-TV kanalining “Gol” ko‘rsatuvidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Kelasi yil Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi. Muxlislarning asosiy e’tibori unda bo‘lishi inobatga olinib, iyun va iyul oylariga Oliy Liga o‘yinlarini qo‘yish rejalashtirilmayapti.

Omon G‘ofurov, PFL bosh direktori

Rossiyadagi mundial kelasi yilning 14-iyunida start olib, 15-iyulga qadar davom etadi. Muxlislarga sir emaski, guruh bosqichi yakunlanib, pley-off o‘yinlari start olgach, o‘rtada bir necha kunlik tanaffuslar yuzaga keladi. O‘sha tanaffuslarda ham O‘zbekiston ichki chempionati va kubogida o‘yinlar o‘tadimi yoki yo‘q — hozircha aniq emas.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya—2018 mundialida ishtirok etmaydi. Samvel Babayan boshchilik qilgan terma o‘z guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriyadan yomonroq natija qayd etgani uchun, mundialdan chetda qolgan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют