» » O‘zbekistonda budjetdan tashqari jamg‘armalarning ko‘pchiligi tugatilishi mumkin

O‘zbekistonda budjetdan tashqari jamg‘armalarning ko‘pchiligi tugatilishi mumkin


O‘zbekiston yaqin vaqtlar ichida budjetdan tashqari jamg‘armalarning ko‘pchiligini tugatmoqchi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan Davlat moliyasi tizimini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga tayanib Sputnik xabar berdi.

Loyiha mualliflari Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnikaviy bazasini rivojlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘arma, “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi va boshqa kam samarali jamg‘armalarni yopishni taklif qilmoqda. Ularning o‘rniga mamlakat infratuzilmaviy va investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishning dasturiy-maqsadli moliyalashtirilishiga o‘tishi kerak.

Ekspertlar taklifiga ko‘ra, respublika birlashgan budjetiga vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriluvchi ijtimoiy-infratuzilmaviy loyihalar daromadlari va xarajatlarini kiritish kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют