» » Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi


Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Ziyorat davomida Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbek va turk xalqlarining dini, ma’naviy qadriyatlari bir. O‘zbekistonda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham e’zozlanadi. Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir.

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, “Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.

Mustaqillik yillarida bu maskan o‘zbek xalqi va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Turkiya prezidenti O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, o‘zbek xalqi tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.

Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют