» » Davlat ayblovchisi Bobomurod Abdullayevga besh yillik qamoq belgilashni so‘radi

Davlat ayblovchisi Bobomurod Abdullayevga besh yillik qamoq belgilashni so‘radi


2-may kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlarning ishi bo‘yicha sud eshituvlari yakunlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Aytilishicha, davlat ayblovchisi Bobomurod Abdullayevni besh yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.

Bunda u Bobomurod Abdullayevga belgilangan JKning 159-moddasi 4-qismini (“hokimiyatni egallash yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tuzumini ag‘darish maqsadida fitna”) shu moddaning 3-qismiga (“mavjud davlat tuzumini o‘zgartirishga, hokimiyatni egallashga yoki qonuniy saylangan yoxud tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini buzishga ommaviy tarzda chaqirish, shu mundarijadagi materiallarni tayyorlash, tarqatish maqsadida saqlash yoki tarqatish, takroran yoki xavfli retsidivist, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlari yo‘lida sodir etilgan bo‘lsa”) o‘zgartirishni so‘ragan.

Ishi ko‘rib chiqilayotgan boshqa gumondorlar — Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevni prokuror oqlashni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют