» » G‘ofur Rahimov: Hech qachon uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lmaganman

G‘ofur Rahimov: Hech qachon uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lmaganman


Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) tashkilotning vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimovning rasmiy bayonotini o‘z saytida e’lon qildi. Bu haqda SportInform xabar bermoqda.

Bayonotda aytilishicha, o‘zbekistonlik arbob G‘ofur Rahimov Vashington va Londondagi yuristlariga AQSH chet el aktivlarini boshqarish ofisiga uning ismini “maxsus belgilangan fuqarolar ro‘yxati”dan o‘chirish bo‘yicha iltimosnoma kiritishni topshirgan. Ya’ni u o‘z ismini sanksion ro‘yxatdan chiqarishni xohlamoqda:

“Bu janob Rahimovning ismini va mavqeni OAVdagi asossiz ayblovlardan tozalash bo‘yicha serg‘ayrat harakatlaridan biridir. Janob Rahimovning bayonotida aytilishicha, u eng yaxshi yuristlarning xizmatlarini saqlab qolgan bo‘lib, ular OAVdagi u uyushgan jinoyatchilikka aloqadorligi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini isbotlab beradi”.

“Men hech qachon hech qanday uyushgan jinoiy guruh bilan bog‘liq bo‘lmaganman, menga qarshi hech qachon ayblovlar ilgari surilmagan. Ayni paytda AQSH g‘aznachiligining bosimi davom etmoqda, men esa AIBA boshqaruvi va moliyaviy barqarorligini tiklash bo‘yicha harakatlarimni davom ettirmoqdaman. Men boksni yaxshi ko‘raman. AIBA har qanday tahdidni yengadi, menga qarshi asossiz ayblovlarga qaramay, men hayotimni sportga bag‘ishlashda davom etaman”, — deyiladi G‘ofur Rahimovning bayonotida.

AIBA prezidentligiga saylov joriy yil noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют