» » Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklari (foto)

Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklari (foto)


Europa Nostra federatsiyasi Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy obidalari ro‘yxatini e’lon qildi. Tashkilot Yevropa madaniy merosi va tabiatini muhofaza qilish maqsadida tuzilgan. Turkiyaning qadimiy Hasankeyf shahri, Durresedagi Rim amfiteatri (Albaniya), Italiyadagi Alessandriya qo‘rg‘oni singari yodgorliklar ro‘yxatdan joy olgan.

TravelAsk vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklarning eng mashhurlarini jamladi.

Qachonlardir Grimsida dunyoning eng yirik dengiz bandargohlaridan biri joylashgan edi. Fabrika dengiz kemalarida baliqlarni saqlash uchun mo‘ljallangan muz ishlab chiqargan. Hozir bino tashlandiq holatda, uni tiklash rejalashtirilmagan.

Vena — jahon tanigan bastakorlarning vatani. Yevropa madaniy merosining shakllanishida Venaning o‘rni katta. Biroq yangi qurilgan ko‘p qavatli bino shahar tarixiy markazinining qiyofasiga putur yetkazmoqda.

Их нужно увидеть до того, как они исчезнут: самые уязвимые памятники Европы

Urush va tabiiy ofatlar Albaniya janubi-sharqidagi Voskopoye va Vitkuke shaharlarida joylashgan 12 ta ibodatxonani vayrona holatiga keltirgan.

Их нужно увидеть до того, как они исчезнут: самые уязвимые памятники Европы

Kommunistik partiyaning afsonaviy uy-muzeyi 1981-yili qurilgan. Biroq kommunistik tizimning qulashi bilan Buzlujada talon-toroj va tartibsizlik avj olgan. Yosh bolgariyaliklarning aksariyati bu yodgorlik haqida hatto eshitmagan.

Их нужно увидеть до того, как они исчезнут: самые уязвимые памятники Европы

1910-yili Qora dengiz bo‘yida modern uslubida kazino qurilgan. Biroq 2000-yildan buyon bino tashlandiq holatda.

Их нужно увидеть до того, как они исчезнут: самые уязвимые памятники Европы

Istanbul yaqinidagi Prinkipo orolida yunon pravoslavlari tomonidan asos solingan mehribonlik uyi bor. Bu — Yevropada yog’ochdan qurilgan eng yirik bino. 1964-yili mehribonlik uyi yopilgan, shundan buyon binodan foydalanilmaydi.

Их нужно увидеть до того, как они исчезнут: самые уязвимые памятники Европы

Tbilisidan 60 kilometr uzoqlikda Gruziya madaniyatining durdonasi — VI asrda g’orlar ichiga qurilgan cherkov majmuasi joylashgan. Majmuaning umumiy uzunligi — 25 kilometr.

Их нужно увидеть до того, как они исчезнут: самые уязвимые памятники Европы



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют