» » Xalqaro kongress ishtirokchilari O‘zbekiston prezidentiga minnatdorchilik bildirdi

Xalqaro kongress ishtirokchilari O‘zbekiston prezidentiga minnatdorchilik bildirdi


16-may kuni ko‘hna va navqiron Samarqandning Registon maydonida “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy kongressining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Ikki kun Toshkent va Samarqandda davom etgan xalqaro kongress ishida dunyoning 40 mamlakatidan 370 nafar ishtirokchi qatnashdi, ular orasida fan va madaniyat muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, diplomatik korpus vakillari, ekspertlar va olimlar bor.

Yopilish marosimida YuNESKOning O‘zbekistondagi rahbari Krista Pikkat so‘zga chiqib, butun dunyoda notinchlik hukm surayotgan, qadimiy me’moriy yodgorliklar yo‘q qilinayotgan, vahshiylar vayron qilinayotgan bir vaqtda ushbu xalqaro kongressning ahamiyati beqiyosligini alohida ta’kidladi.

Mazkur kongress yakunida barcha ishtirokchilar rezolyutsiya qabul qildi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakat hukumatiga bunday tadbirni o‘tkazish uchun imkoniyat yaratgani uchun minatdorchilik bildirdi. Krista Pikkat qabul qilgan rezolyutsiyani o‘qib eshitirar ekan, O‘zbekiston hukumati tomonidan o‘zbek xalqining madaniy merosini saqlashga va uni targ‘ib qilishga bo‘lgan bunday e’tibori e’tirofga sazovorligini ta’kidlab o‘tdi.

Kongressning asosiy voqealaridan biri O‘zbekiston xalqlarining madaniy va tarixiy yodgorliklari to‘plamlarini o‘z ichiga olgan 10 ta noyob albom-kitob va hujjatli filmlarning taqdimoti bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют