» » Namanganda ham avtozavod quriladi

Namanganda ham avtozavod quriladi


Namangan viloyatida ham avtozavod quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Davlat rahbari Namangan viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo‘qligini tanqid qildi.

— Namanganning sanoat salohiyatini rivojlantirish uchun Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi imkoniyatlaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu mamlakatda avtomobilsozlik tarmog‘ini kengaytirishi bilan birga, viloyat uchun dolzarb bo‘lgan yangi ish o‘rinlari yaratishga ham turtki beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, hozirda Namangan shahrida avtomobil faralari ishlab chiqaruvchi UzChasys qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют