» » Shavkat Mirziyoyev: Namanganda aholini ish bilan ta’minlash — eng asosiy vazifa

Shavkat Mirziyoyev: Namanganda aholini ish bilan ta’minlash — eng asosiy vazifa


Namangan viloyatining Norin tumani hokimligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatda aholi bandligi masalalariga alohida to‘xtaldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

— Viloyatda ishsizlar soni 58 ming kishi ekanligi aytilmoqda. Aslida bundan to‘rt-besh barobar ko‘p, buni yaxshi bilaman. Shuning uchun Namanganda aholini ish bilan ta’minlash asosiy vazifaga aylanishi kerak. Bunda ayniqsa ipakchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikka e’tibor qaratish zarur, — ta’kidladi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Namangan bir paytlar o‘zining atlasi, shoyisi bilan mashhur bo‘lganini eslatdi. Viloyatda ipakchilikni yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, buning ortidan minglab fuqaroni ish bilan ta’minlash mumkinligiga e’tibor qaratildi. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Bahrom Sharipovga bu borada aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat, xususan, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarining baliqchilik sohasidagi imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani bildirildi. Buning uchun viloyatda baliqchilikka ixtisoslashgan maxsus institut tashkil etish, Uchqo‘rg‘ondagi kollejlardan birini baliqchilikka yo‘naltirish, qo‘shimcha hovuzlar qurish, noyob baliqlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют