» » Rossiyaning qiruvchi samolyoti Suriyada halokatga uchradi

Rossiyaning qiruvchi samolyoti Suriyada halokatga uchradi


Suriyada Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Su-30SM qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Halokat oqibatida ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Hodisa O‘rta Yer dengizi hududida samolyot Xmeymim aerodromidan ko‘tarilganidan so‘ng yuz bergan. Halokat chog‘ida samolyot yuqoriga ko‘tarilayotgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat samolyot dvigateliga qush uchib kirgani tufayli yuz bergan.

“Samolyotning bironta qismida yong‘in kuzatilmagan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют