» » Toshkentda “Velosiped sporti faxriylari” velomarafoni o‘tkazildi (foto)

Toshkentda “Velosiped sporti faxriylari” velomarafoni o‘tkazildi (foto)


Bugun, 4-may sanasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tashabbusi bilan Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Velosiped sporti faxriylari” velomarafoni tashkil qilindi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

5 kilometr masofaga o‘tkazilgan velopoygada musobaqa qizg‘in kechdi. 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida Rustam Gubayev birinchi o‘rinni egalladi. Mirali Xayrullayev ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona Ilhom Abdullayevga nasib qildi.

65 yoshdan yuqori bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa birinchi o‘rinni Viktor Klimenkov qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Boris Popov va Aleksandr Ordinlar joy olishdi.

Barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan sovg‘alar tarqatildi. G‘oliblarga esa diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют