» » Toshkent shahar va viloyatidan bo‘lgan taxminan 1,5 ayol Abdulla Qodiriy ko‘chasidan velosiped uchib o‘tdi

Toshkent shahar va viloyatidan bo‘lgan taxminan 1,5 ayol Abdulla Qodiriy ko‘chasidan velosiped uchib o‘tdi


13-may kuni poytaxt Toshkent “Bahorgi ayollar velomarafoni”ga mezbonlik qildi, deb ma’lumot berdi O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo” nashriga.

Velomarofon O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mamlakat velosiped sporti federatsiyasi tashabbusi bilan xalqaro oila kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi. Uning uchun Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab 5 kilometrlik yo‘l tanlab olingandi. Marafonda ishtirok etish istagini Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan bir yarim mingdan ziyod xotin-qiz bildirdi.

Unda ayollar uch yosh toifasiga ajratildi: 18—30 yoshlilar, 31—45 yoshlilar va 45 yoshdan katta bo‘lgan ayollar. Marafonda nafaqat professional sportchilar ishtirok etdi, balki velosiped uchishni eplay oladigan havaskorlar ham qatnashdi.

Bunda ayollarni qutlash uchun o‘zbek estradasi yulduzlari ham tashrif buyurdi: Rayhon, Shahzoda, Samandar Hamroqulov, Mashhurbek, Ruhshona, Lola, Ra’no Yarasheva, Rihstilla Abdullayev, Rayhon Ulasenova. Ko‘zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlar o‘rtasida faol va sog‘lom turmush tazini targ‘ib qilish, ularning jismoniy kamoloti uchun ko‘maklashish, ekologik jihatdan ayollar xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi.

Quyida to‘rt toifaga bo‘lib o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari bilan tanishish mumkin.

1. Margarita Misyurina
2. Olga Jantuganova
3. Sofiya Karimova

1. Alyona Shirakalova (Toshkent)
2. Adolat Sotiboldiyeva (Toshkent)
2. Mahliyo Nurkiyeva (Toshkent viloyati)
3. Hilola Dilmurodova (Toshkent)
3. Yelena Galika (Toshkent viloyati)
3. Dildora Sofiyeva (Toshkent)

1. Olga Drobisheva (Toshkent)
2. Olga Shatalova (Toshkent)
2. Shohista Sodiqova (Toshkent viloyati)
3. Yevgeniya Iratova (Toshkent)
3. Xulkar Abdujabborova (Toshkent viloyati)
3. Svetlana Apsetova (Toshkent viloyati)

1. Svetlana Isayeva (Toshkent)
2. Svetlana Shirkayeva (Toshkent)
2. Dilfuza Olloyorova (Toshkent viloyati)
3. Firdaus Deminskaya (Toshkent)
3. Alyona Polyakova (Toshkent viloyati)
3. Gulchehra Peritqulova (Toshkent viloyati)

Velomarafon yakunidagi taqdirlash marosimida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzilla Norboyeva ishtirok etdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют