» » Sherali Jo‘rayevning ma’muri Samarqanddagi konsertning qoldirilishi sabablariga izoh berdi

Sherali Jo‘rayevning ma’muri Samarqanddagi konsertning qoldirilishi sabablariga izoh berdi


3-may kuni “Daryo” orqali Sherali Jo‘rayevning Samarqandda 3-may kuni o‘tishi kerak bo‘lgan konserti qoldirilgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 4-may kuni xonandaning ma’muri G‘ayrat Shokirov bilan bog‘lanib, mazkur holatga aniqlik kiritdik.

G‘ayrat Shokirovning “Daryo” saytiga ma’lum qilishicha, konsert dasturi tadbir tashkilotchilari hisoblanmish “Al Rasul Sado” tomonidan konsertni o‘tkazish bo‘yicha qo‘yilgan talablar to‘liq amalga oshirolmaganligm va zarur texnik yetishmochiliklar sabab ularning iltimosiga ko‘ra qoldirilgan.

“Biz xalqimizning sevimli hofizi Sherali Jo‘rayev samarqandlik muxlislar uchun jonli ijroda ajoyib konsert dasturini rejalashtirgan edik. Uzoq kutilgan dasturni chiroyli tarzda o‘tkazishimiz uchun katta tayyorgarlik ham ko‘rdik. Ammo tashkilotchilarning iltimosiga ko‘ra, konsert o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tayyor emasligi sababli konsert qoldirildi. Rejaga ko‘ra to‘rtta yangi dastur asosida Samarqandda konsert berishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa 28-iyunda Samarqandda ustoz xonanda ijrosida ajoyib konsert o‘tkaziladi”, — deydi hofizning ma’muri.

Eslatib o‘tamiz, 3-may sanasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan konsert dasturidagi chiptalar 28-iyunda bo‘ladigan konsertga kirish uchun ham amal qilinishini konsert tashkilotchilari muxlislarga bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют