» » Kiyev viloyati bojxonachilari besh kilogramm kokainni ushlab qoldi

Kiyev viloyati bojxonachilari besh kilogramm kokainni ushlab qoldi


Ukrainaning Kiyev viloyati bojxonachilari Borispol aeroportida kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan besh kilogramm kokainni qo‘lga oldi. Giyohvand modda Janubiy Amerikadan yetib kelgan edi. Bojxonachilarning e’tiborini Panamadan yetib kelgan va “Shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan rolikli konki namunalari” deb yozilgan yuk tortgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bojxona xodimlari bunday jo‘natma mazkur hudud uchun noodatiy ekanligini qayd etib, uni tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Natijda Kiyevda yashovchi erkak Janubiy Amerikadan sport anjomi buyurtma qilib, mamlakatga giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Kontrabanda jo‘natma ichiga juda ishonchli yashirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют