» » MRB sobiq direktori Trampning muhojirlik siyosati maxsus xizmatlar faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishini bildirdi

MRB sobiq direktori Trampning muhojirlik siyosati maxsus xizmatlar faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan muhojirlik siyosatining qattiq nazoratga olinishi razvedka va josuslik ishiga jiddiy zarar keltiradi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Maykl Xayden The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Men muloqotda bo‘lgan razvedka sohasidagi ko‘pchilik professionallar cheklovlar taalluqli bo‘lgan 7 mamlakatdan oltitasi muammoli, tarqoq mamlakatlar ekanligi va u yerlarda josuslar AQSh uchun tug‘iladigan xatarlarni bartaraf etishida yetakchi rol o‘ynashini bildirdi. Farmon mazkur axborot manbalariga hukumatimiz va xalqimiz tomonidan va’da qilingan himoyaga ishonchni barbod qildi. Josuslar amerikaliklar xavfsizligi uchun hayotini tahdid ostiga qo‘yadi. Kunimiz faqat pul evaziga hamkorlik qiladigan zaif va manfaatparast josuslarga qoladi. Ular axborotning eng yomon manbalaridir

Maykl Xayden, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori

MRBni 2006—2009-yillarda boshqargan Xayden so‘zlariga ko‘ra, Tramp tomonidan joriy etilgan cheklovlar asoratlari izsiz ketmaydi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют