» » “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard Shotlandiya chempioniga bosh murabbiy bo‘ldi

“Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard Shotlandiya chempioniga bosh murabbiy bo‘ldi


Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” klubi Stiven Jerrard bilan 4 yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

“Liverpul” jamoasi afsonasi, sobiq futbolchi Stiven Jerrard ayni paytda “mersisayd” klubining yoshlar jamoasi murabbiyi yozda Shotlandiyaning ko‘p karra chempioni bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydigan bo‘ldi.

Tajriba yetishmasligi men uchun muammo emas. O‘ylashimcha, bunday muammolar boshqalar uchun. Odamlarning fikrini hurmat qilaman. Lekin ularni nazorat qila olmayman. Men uzoq vaqtdan beri katta klub safidaman. Katta o‘yinlar qanday bo‘lishini ham bilaman. Top-murabbiylar qo‘li ostida ishlaganimda, ularning ishlariga diqqat bilan qaraganman. Tajriba orttirishning yagona yo‘li — o‘zingga ishonish. Yangi chaqiruvlarni qabul qila oladigan darajada murabbiylik xususiyatlari borligiga ishonish lozim. Bir kuni, balki, tajribali murabbiy bo‘larman. “Reynjers”dagi ishim esa, albatta, menga yordam beradi.

Stiven Jerrard, “Reynjers” bosh murabbiyi

“Reynjers” rahbariyati Jerrardga ishonch bildirib, klubga chempionlik unvonini qaytarishiga ishonmoda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют