» » O‘FF termaga murabbiy izlayotgan bir paytda “Vest Hem” Slaven Bilichni iste’foga chiqardi

O‘FF termaga murabbiy izlayotgan bir paytda “Vest Hem” Slaven Bilichni iste’foga chiqardi


Londonning “Vest Hem” klubi bosh murabbiy Slaven Bilichga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lumot berdi.

“Vest Hem” APL 11-turida “Liverpul”ni qabul qilib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu natija rahbariyat sabr kosasini to‘ldirgan. Axir “Vest Hem” ortda qolgan 11 ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 9 ochko jamg‘arib, 18-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa xavfli zona demakdir.

Klub rasmiy sayti 2,5 yillik mehnati uchun xorvatiyalik mutaxassisga minnatdorchilik izhor qilgan va “Vest Hem” oldinga qadam bosishi uchun, jamoaga yangi qon kerakligi tushuntirilgan. Shuningdek, 2015-yil Bilich bilan ish boshlagan uning 4 nafar yordamchisi ham bir vaqtning o‘zida ishdan ozod etilgan.

Hech qanday muammo yo‘q. Men “Vest Hem”dagi faoliyatimdan faxrlanaman.

Biz yangi mavsumni yomon boshladik. Yevropaning ko‘plab klublarida bo‘lgani kabi, murabbiy buning uchun tovon to‘lashi kerak. Rahbariyatning qarori mantiqiy to‘g‘ridir.

Slaven Bilich, “Vest Hem” sobiq bosh murabbiyi

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda ishsiz yurgan Devid Moyes London klubini qabul qilib olish uchun eng yaxshi nomzod bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют