» » Buxorodagi bog‘cha mudirasi ikki go‘dakni olib qolish uchun 600 ming so‘m pora olgan vaqti ushlandi (video)

Buxorodagi bog‘cha mudirasi ikki go‘dakni olib qolish uchun 600 ming so‘m pora olgan vaqti ushlandi (video)


Shu kungacha ota-onalardan turli xil bahonalar bilan pul undirib yurgan Buxoro shahridagi 81-son maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Shoira Atoyevaning qing‘ir ishlariga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Qonun nomi bilan” dasturi.

Prokuratura va ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “poraxo‘r mudira” fuqaro Shoira Rahmatovadan 600 ming so‘m pulni olayotgan vaqtida ushlangan.

“Ikki nafar go‘dakni bog‘chaga joylashtirish uchun olingan pul Shoira Atoyevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga asos bo‘ldi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.

Qayd etish joiz, ko‘rsatuvdagi lavha davomida mudiraning xonasidagi stol ustiga terib qo‘yilgan dollarlar ham ko‘rsatilgan, biroq ularning kelib chiqish manbasi haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют