» » Poytaxtdagi “Matbuotchilar uyi” garov ta’minotidan bekor qilindi. “Toshbozorsavdo” kreditni o‘zi to‘laydigan bo‘ldi

Poytaxtdagi “Matbuotchilar uyi” garov ta’minotidan bekor qilindi. “Toshbozorsavdo” kreditni o‘zi to‘laydigan bo‘ldi


Toshkentda “Matbuotchilar uyi” sotilishi to‘xtatilgani haqida avvalroq xabar bergandik. Shahar hokimligi mazkur masala tafsilotlariga oydinlik kiritdi.

2016—2017-yillarda Toshkent shahar hokimligi qarori bilan “O‘zsanoatqurilishbank”dan “Toshbozorsavdo” uyushmasi uchun shahardagi bozorlarni rekonstruksiya qilish uchun mablag‘ olingan. Garov ta’minoti sifatida esa “Matbuotchilar uyi” ko‘rsatilgan.

Oradan bir yarim yil vaqt o‘tishiga qaramasdan uyushma tomonidan kredit qarzlari qoplanmagan. Oqibatda “Matbuotchilar uyi” Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan auksionga qo‘yiladi.

“Toshbozorsavdo” tomonidan kredit qoplanmaganligi oqibatida shahar markazidagi jurnalistlar binosi o‘z bahosidan ancha arzon miqdorda auksionga qo‘yilgani kinoya bilan “uyushtirilgan spektaklga” o‘xshatilgan edi.

OAVdagi chiqishlarga Toshkent shahar hokimligi befarq bo‘lmadi. Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur ish hujjatlari qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Endilikda “Toshbozorsavdo” bankka kredit pullarini o‘z hisobidan to‘laydi.

“Matbuotchilar uyi” kredit garov ta’minoti sifatida bekor qilingan. Bino avvalgidek Toshkent shahar hokimligi tasarrufida qoldi. Markaziy gazetalar boshqa manzilga ko‘chirilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют