» » Gavayida Kilauea vulqonining otilishi oqibatida 30 dan ortiq uy vayron bo‘ldi

Gavayida Kilauea vulqonining otilishi oqibatida 30 dan ortiq uy vayron bo‘ldi


Gavayi orolida harakatga kelgan Kilauea vulqoni 31 ta uyni vayron qildi. Bu haqda AP agentligiga asoslanib, “Vedomosti” xabar berdi. Ma’lumotlar mahalliy hudud havodan turib suratga olish ishlari yakunlanganidan so‘ng yangilangan.

Okrug vakili Janet Snayderning so‘zlariga qaraganda, “ushbu raqamlar o‘zgarishi mumkin”.

Vayron bo‘lgan uylar Leilani-Esteyts hududida joylashgan. Vulqon lavasi 61 metr balandlikkacha otilmoqda. U hozirda 36 ming kvadrat metr hududni egallab olishga ulgurgan. Lava yuzasidagi harorat Selsiy bo‘yicha 1150 darajani tashkil etmoqda.

Tabiiy ofat yopirilgan hududdan 1700 kishi evakuatsiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют