» » Sankt-Peterburgda 750 nafar hamyurtining ro‘yxatga olish hujjatlarini soxtalashtirgan o‘zbekistonlik fuqarolar qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda 750 nafar hamyurtining ro‘yxatga olish hujjatlarini soxtalashtirgan o‘zbekistonlik fuqarolar qo‘lga olindi


Sankt-Peterburg politsiyasi 21 va 22 yoshli O‘zbekiston fuqarolarini qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular o‘z hamyurtlarining Rossiyada qolish hujjatlarini soxtalashtirib berish bilan shug‘ullangan.

O‘zbekistonlik fuqarolar istiqomat qiladigan kvartirada tintuv o‘tkazilganida ularning yonidan Ko‘p funksiyali markaz va yana oltita tashkilotning muhri, muhojirlarning kelishi uchun ariza va ularning hujjatlari nusxalari topilgan. Bu orqali firibgarlar 750 kishiga soxta hujjatlarni tayyorlab bergan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nibatan Rossiya Jinoyat kodeksining 322 moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют