» » Osiyo chempionati. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Eronga 2:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Osiyo chempionati. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Eronga 2:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi


Tailandda futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 7-may sanasida Eronga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan Eron futzal terma jamoasi O‘zbekiston termasini 9:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Terma jamoa tarkibida gollarga Tanzila Zarbiyeva hamda Rushaniya Safinalar mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Endi Avaz Maxsumov shogirdlari 9-may kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

Futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati

Eron — O‘zbekiston 9:2

Ma’lumot uchun guruhdagi dastlabki bahsda o‘zbekistonlik futzalchilar Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют