» » Samarqandda yangasidan 2200 dollar qarz olgan ayol uni urib o‘ldirdi

Samarqandda yangasidan 2200 dollar qarz olgan ayol uni urib o‘ldirdi


Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi Anora Olimova bolalar kiyimini sotish bilan shug‘ullanardi. Topgan-tutgani oilasiga yetardi, biroq ayol bundan-da ko‘pini istadi, deya xabar beradi “Zarafshon”.

Avvaliga u yangasi Munira Salomovadan 200 dollar oldi. Buning hisobidan Anora biznesini kengaytirdi, biroq bu ham unga kamlik qildi. Keyingi safar u yangasidan 2 ming “ko‘ki” qarzga oladi va pullarni uch oydan so‘ng foizi bilan qaytarishga qarindoshini ishontiradi.

Biroq, qarzni qaytarish muddati tezda keldi. Munira har kuni undan pullarni qaytarishini talab qildi.

Anora qanday qilib “kreditor”dan qutulish yo‘llarini izlay boshladi va bir kuni o‘zi bilan metall bo‘lagini olib Muniraning uyiga bordi.

Yangasi qarzni olib keldi, deb o‘ylab bahri-dili ochilib ketdi. Biroq bunday emasligini bilgach, uni urisha ketdi.

Anora qulay paytni poylab metall bilan ayol boshiga urdi. Munira yiqilib tushganini ko‘rib, qochib ketdi.

Shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urindi. Biroq Munira vafot etdi.

Anora Olimova jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют