» » Sobir Rahimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Sobir Rahimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi


8-may, seshanba kuni Toshkent shahrida Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo?lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Tadbirda Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Qurolli kuchlar harbiylari, Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti talabalari va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Sobir Rahimov tumani 1970-yili tashkil qilingan. Tuman hokimiyati binosi qarshisida 1981-yili generalning haykali o‘rnatilgan. 2010-yili tuman va metro bekati nomi “Olmazor” deb o‘zgartirilgan.

7-may, dushanba kuni Sobir Rahimov haykali Toshkentning G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘idan o‘zining avvalgi joyi — Olmazor tuman hokimligi binosi oldiga qaytarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Norin tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida general haykalini eski joyiga ko‘chirishni taklif qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют