» » Prokuratura bayrog‘i va emblemasi o‘zgartiriladi

Prokuratura bayrog‘i va emblemasi o‘zgartiriladi


O‘zbekiston prokuraturasi bayrog‘i va emblemasi o‘zgartiriladi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi, deb xabar beradi O‘zA.

Prezidentning 7-maydagi farmoni bilan 2017-yil 18-apreldagi “Prokuratura organlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Farmon bilan O‘zbekiston prokuraturasi bayrog‘i va emblemasi namunalari tasdiqlandi.

O‘zbekiston prokuraturasi bayrog‘i tavsifiga ko‘ra, u to‘g‘ri burchakli moviy rangdagi bir en mato bo‘lib, doimiylik, jasorat, sodiqlik, fidokorlik va jasurlikni bildiradi. Bayroq markazida O‘zbekiston prokuraturasi emblemasi tasvirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют