» » Farg‘onadagi aviahalokat qurbonlari haqida ilk axborot, daraxt kesuvchilarga qarshi kurash boshlagan Toshkent hokimi, O‘zbekistonga to‘rt oyda yuborilgan 1,3 mlrd dollar va kunning boshqa muhim xabarlari

Farg‘onadagi aviahalokat qurbonlari haqida ilk axborot, daraxt kesuvchilarga qarshi kurash boshlagan Toshkent hokimi, O‘zbekistonga to‘rt oyda yuborilgan 1,3 mlrd dollar va kunning boshqa muhim xabarlari


8-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonga chet eldan pul o‘tkazmalari hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi. Bu mablag‘ning 28,5 million dollarlik qismi milliy valyutada olingan.

2. Xizmat vazifasini ado etayotganida mardlarcha halok bo‘lgan mayor Elyor Choriyev xotirasiga bag‘ishlanadi. Farg‘onada bir yarim yil avval yuz bergan vertolyot halokatining qurbonlaridan biri haqida ilk bor axborot berildi.

3. Toshkent shahar hokimi shaharda daraxtlarning ayovsiz kesilishi holatlarini o‘z nazoratiga oladi. So‘nggi bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda katta daraxtlarni kesish holatlari qaytadan ommaviy tus olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

4. “Hokimning bir kuni”: Chilonzor tuman hokimi nimalar bilan band? “Hokimning bir kuni” tadbiri doirasida Toshkent shahridagi barcha tuman hokimlariga OAV muxbirlari kun bo‘yi hamrohlik qilmoqda.

5. General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Norin tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida general haykalini eski joyiga ko‘chirishni taklif qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют