» » “El-Klasiko”dagi qo‘polligi sabab Serji Roberto esa 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, Messi esa jazolanmaydigan bo‘ldi

“El-Klasiko”dagi qo‘polligi sabab Serji Roberto esa 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, Messi esa jazolanmaydigan bo‘ldi


Ispaniya chempionati hakamlar korpusi qabul qilgan qarorga ko‘ra, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi 36-tur doirasida “Real”ga qarshi kechgan o‘yin vaqti uchrashuv bosh hakamini haqoratlamagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Сhampionat.com” xabar berdi.

Avvalroq Messining “EL-Klasiko”ni boshqargan Alexandro Ernandes-Ernandesga o‘yin vaqtida bosim o‘tkazgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Hakamlar korpusi esa o‘yin protokolida Messi yoki “Barselona”ning boshqa bir futbolchisi hakamni haqoratlagani haqida yozuv yo‘qligiga asoslangan holda qaror qabul qilgan. Shu tariqa, Messiga hech qanday jazo xavf solmayotgan oydinlashdi.

“Sports.ru” xabariga ko‘ra, “Barselona”ning yana bir a’zosi Serji Roberto “Real”ga qarshi o‘yinda Marseloning yuziga urgani sabab La Liga intizom qo‘mitasi tomonidan jazolandi.

Qayd etilishicha, futbolchi Ispaniya chempionatining 4 ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi. “Barselona” mazkur qaror yuzasidan 10 kun ichida shikoyat yo‘llash huquqiga ega edi. Va ular bugunning o‘zidayoq appelyatsiya berishga ulgurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют